21/07/2023

Yig‘ilishni boshqarma boshlig‘i L. Mirsoatov ochib berib, Konstitutsiyada shaxsiy huquq va erkinliklar...! mavzusida o‘tkazilyotgan tadbirning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida boshqarma va hududiy statistika bo‘limlari xodimlariga qisqacha tushunchalar berib o‘tdi.

Shundan so‘ng, boshqarmaning bosh yuristkonsulti M.Usmonov so‘zga chiqib, ishtirokchilarga Konstitutsiyada shaxsiy huquq va erkinliklar! mavzusida ma’ruza qildi.

Yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqidir va u qonun bilan muhofaza qilinadi. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir.

O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi taqiqlanadi.

Insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emas.

Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emas.

Hech kimda uning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar o‘tkazilishi mumkin emas.

Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega.

Davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari har kimga o‘z huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishish imkoniyatini ta’minlashi shart.

Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har kim xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Seminarda ishtirok etgan boshqarmaning tarmoq va xududiy statistika bo‘limlari xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachiga murojaat qilib, mavzulardan kelib chiqqan holda savollar berishdi va ularga qoniqarli darajada javob olishdi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan boshqarma va hududiy statistika bo‘limlari xodimlari o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

 23-yigilish

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech