24/07/2023

Joriy yilning 21-iyul kuni Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Umid Madaminovning 2023-yilning 4–14-iyul kunlari Kolumbiyaning Bogota shahrida Oksford Kambag‘allikni qisqartirish va inson taraqqiyoti markazi tomonidan “Ko‘p qirrali kambag‘allik o‘lchovi” bo‘yicha seminardagi ishtiroki natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga Ko‘p qirrali kambag‘allik o‘lchovini aniqlash bo‘yicha tajribasi hamda Alkire-Foster uslubiyotidan foydalangan holda ko‘p o‘lchovli kambag‘allik indeksini aniqlash, milliy va global ko‘p o‘lchovli kambag‘allik indeksini (MPI) empirik misollaridan kelib chiqqan holda hisoblash hamda tahlil qilish kabi ish usullari bilan tanishtirdi.

Seminar yakunida mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi hamda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berdi.7-semenar-yakun

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech