11/02/2025

   Joriy yilning 11-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimlari xodimlari uchun “Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tartibi” mavzusida onlayn vebinar tashkil etildi.

11-6-1

11-6-2

   Mazkur vebinarda hududiy statistika organlari tomonidan amalga oshirilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarining holati va mahallalarda ko‘chalarga nom belgilari va xonadonlarga raqam belgilarini o‘rnatish ishlari muhokama qilindi.

11-6-3

11-6-4

   Shuningdek, vebinarda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risida batafsil tushunchalar va ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

11-6-5

   Vebinar yakunida Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi xodimlariga oʻtilgan mavzu yuzasidan test savollari berilib, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholandi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech