So'nggi yangiliklar

2023- yilning yanvar-iyul oylarida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 53,2 trln. so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlarining 82,3 % ini tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 167,8 ming dona avtomobil kuzovlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 32,0 % ga oshgan. 

Joriy yilning 21-avgust kuni  Toshkent shahar statistika boshqarmasining “Xizmatlar sohasi statistikasi” bo‘limi boshlig‘i K. Djalilov va boshqarma xodimlari  tomonidan Yakkasaroy tumanida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi 26,0 %ni tashkil etdi.

2023-yilning 1-avgust holatiga, tashish va saqlash xizmatlari sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 24 002 ta bo‘lib, 2019-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 152,6 foizni tashkil etdi. Ularning so‘nggi besh yildagi o‘sish dinamikasi quyidagicha:

2023- yilning yanvar-iyul oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 67,5 %i to‘g‘ri kelib, 2022-yil yanvar-iyul oylari ko‘rsatkichiga nisbatan 9,4 % punktga ko‘paydi.

TOSHKENT SHAHRI BILAN TASHQI SAVDO AYLANMASI ENG YUQORI ULUSHGA EGA BOʻLGAN DAVLATLAR (2023- yil yanvar-iyul oylari, mln.AQSh dollari)

Joriy yilning 22-avgust kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasining “Xizmatlar sohasi statistikasi” bo‘limi boshlig‘i K. Djalilov va boshqarma xodimlari tomonidan Chilonzor va Mirobod tumanlarida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida 35,1 mingta ko‘chib ketganlar qayd etilgan bo‘lib, har 1000 aholiga ko‘chib ketish koeffitsiyenti 23,8 promilleni tashkil etgan hamda 2022- yilga nisbatan 2,4 promillega ko‘paygani kuzatildi (2022- yilning yanvariyun oylarida 21,4 promille bo‘lgan).

TOSHKENT SHAHRINING YIRIK HAMKOR DAVLATLAR BILAN TASHQI SAVDO AYLANMASI DINAMIKASI (2023 yil yanvar-iyul oylari mln,AQSh dollari)

Toshkent shahrida tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2023- yilning yanvar - iyul oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 8,9 trln. so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlari hajmining 13,8 % ini tashkil etdi.

Joriy yilning 21-avgust kuni  Toshkent shahar statistika boshqarmasining “Xizmatlar sohasi statistikasi” bo‘limi boshlig‘i K. Djalilov va boshqarma xodimlari  tomonidan Sergeli tumanida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

Toshkent shahrida YAHM hajmi 83 267,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 7,9 % ga o‘sdi. Sanoat tarmog‘ida 104,5 %, qurilishda 100,1 % va xizmatlar sohasida 110,8 % o‘sish sur’atlari kuzatildi.

2023-yil yanvar-iyun oylarida aholi jon boshiga koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 5 879,8 ming soʻmga yetdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 038,2 ming dona avtomobil oʻrindiqlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 3,6 %ga oshgan. 2023-yilning iyun oyida yirik korxonalar tomonidan 226,6 ming dona avtomobil oʻrindiqlari ishlab chiqarildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida umumiy foydalanishdagi temir yoʻl orqali joʻnatilgan yuklarning umumiy hajmiga nisbatan katta ulushni turli rudalar (13,2 %), neft yuklari (8,9 %), koʻmir (7,3 %), qurilish yuklari (7,0 %), kimyoviy va mineral oʻgʻitlar (4,7 %) va boshqa yuklar (51,1 %) egallaydi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida 8 944 ta yangi sanoat korxonalari tashkil etildi. Yangi tashkil etilgan korxonalar soni so‘nggi yillarning mos davrlaridaga nisbatan quyidagicha:

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 302 dona pritseplar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 3,1 martaga oshgan.