Joriy yilning 15-mart kunida Toshkent shahar statistika boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4- martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari”toʻgʻrisidagi PQ-114-son qarorining mazmun mohiyati boʻyicha seminar yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda, boshqarma boshligʻi L.Mirsoatov soʻzga chiqib Qarorda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari, tashkiliy tuzilmasi, nizomi, rasmiy statistika sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi”, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2024-2025-yillarda erishishi lozim boʻlgan maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari)ni ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar toʻgʻrisida toʻhtalib oʻtdi.
Shuningdek, Statistika agentligi tizimida integratsiya jarayonlarini yanada jadallashtirish maqsadida, 2024-yil yakuniga qadar “Statistika” integrallashgan axborot tizimi vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan maʼlumotlarni olish maqsadida integratsiya qilinishi belgilab berilganligi taʼkidlandi.
Axborot xizmati