So'nggi yangiliklar

Respublikamizda tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni o‘zaro taqqoslanganda, - uchinchi o‘rinni oilaviy korxonalar egallagan bo‘lib, 2023- yil 1- fevral holatiga ko‘ra jami tadbirkorlik subyektlarining 11,2 foiz ulushini tashkil etdi. Ularning o‘sishi esa so’nggi besh yil kesimida qaralganda quyidagicha aks etdi:

Joriy yilning 17-fevral  kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasi Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘lim boshlig‘i B.Mirzaulug’ov tomonidan Yashnobod dehqon bozorida 12- bozor “dehqon” tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Toshkent shahrida jami 31 908,3 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021-yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 101,1 % ni tashkil etdi.

Toshkent shahrida 2022- yil yanvar-dekabr oylarida sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 36,3 % ni tashkil etdi.

Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 2023 - yil 1 - fevral holatiga ko‘ra 10 163 tani tashkil etib, ulardan 9 548 tasi yoki 93,9 % faoliyat ko‘rsatmoqda.

2022-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra (12 oy davomida), Toshkent shahri aholi jon boshiga umumiy daromadlari 37,5 mln. so‘mni, real o‘sish sur’ati esa  109,9 %ni tashkil etdi.

 

2022- yilda 20 yoshgacha farzandli boʻlgan erkaklar soni 1 493 nafarni tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sog‘liqni saqlash sohasida xizmatlari hajmi 3297,7 mlrd. so‘mni tashkil qilib, aynan shu sohasidagi xizmatlarning umumiy hajmidagi ulushi 51,7 %ga yetdi.    

Joriy yilning 17- fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2022-yil yakunlari boʻyicha “1- FX” yillik statistika hisobotini topshiruvchi fermer xoʻjaliklariga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida on-line muloqot tashkil etildi.

2022/2023- o‘quv yili boshiga umumta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilar soni jami 6 446,1 ming nafarni tashkil etdi. Shundan, 10–11- sinf o‘quvchilari 831,5 ming nafarni yoki jamiga nisbatan 12,9 % ni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2021/2022- o‘quv yili bilan taqqoslaganda 10,1 ming nafarga ko‘paydi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida 63,2 mingta ko‘chib ketganlar qayd etilgan bo‘lib, har 1000 aholiga ko‘chib ketish koeffitsiyenti 21,7 promilleni tashkil etgan hamda 2021- yilga nisbatan -4,4 promillega kamayganligi kuzatildi (2021- yilning yanvar-dekabr oylarida 26,1 promille bo‘lgan).

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining yashash va ovqatlanish sohasida xizmatlar hajmi 8231,7 mlrd. so‘mni tashkil qilib, aynan shu sohasidagi xizmatlarning umumiy hajmidagi ulushi 72,7 %ga yetdi.

 

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Toshkent shahrida jami 31 908,3 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021-yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 101,1 % ni tashkil etdi.

2022- yilda ilk farzandini dunyoga keltirgan onalar soni 280 432 kishini tashkil etgan.

2022/23-oʻquv yili boshiga respublikamizda faoliyat yuritayotgan 191 ta oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni 1040,4 ming nafarni tashkil etdi.

Toshkent shahrida axborot va aloqa sohasining asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi kompyuter dasturlashtirish, maslahat berish va boshqa yordamchi xizmatlar sohasidagi faoliyat (14 208,0 ming so‘m)da, eng past ko‘rsatkich esa aloqa sohasi (8 499,3 ming so‘m)da kuzatildi.

Toshkent shahrining 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 81 988,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 114,6 % ga oshdi.

Joriy yilning 16- fevral kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh. Norkulov,  “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari”  bo‘limi   boshlig‘i  M.Djalilova hamda  intervyuyer  Sh. Shonasirova tomonidan Yashnobod  tumani “Ahmad Yassaviy” MFYda kuzatuv o‘tkazildi.