Joriy yilning 13- mart kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i L. Mirsoatov, “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi intervyuyeri Z.Gaziyeva tomonidan Shayxontohur tumani “Tinchlik” MFYda kuzatuv o‘tkazildi. Mazkur kuzatuvda uy xo‘jaliklari kuzatuvlariga tushgan xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashib, kuzatuvning maqsad vazifalari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berib o‘tildi. Uy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’siri o‘rganildi.
Axborot xizmati