So'nggi yangiliklar

2024- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahrining YAHMi o‘sishiga sanoat tarmog‘i – 2,4 f.p., qurilish tarmog‘i – 0,6 f.p., xizmat ko‘rsatish tarmog‘i – 6,3 f.p. va mahsulotga sof soliqlar – 1,2 f.p. ijobiy hissa qo‘shdi

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2024-yilning yanvar-aprel holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 5 kishi yashaydigan uy xoʻjaliklari 23,3 % ni tashkil etmoqda

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylarida respublikamizdagi dehqon va tomorqa xo‘jaliklari tomonidan 47 072 tonna sabzavot mahsulotlari yetishtirilgan

2024-yilning yanvar-aprel oylarida taʼlim sohasida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 7 trln soʻmni yoki koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 4,1 % ini tashkil etdi

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga 54,5 trln soʻm investitsiyalar yoʻnaltirildi

2024-yilning yanvar-mart oylarida YAIM o‘sishiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarmog‘i 0,4 f.p., sanoat tarmog‘i – 1,8 f.p., qurilish tarmog‘i – 0,4 f.p. va хizmat ko‘rsatish tarmog‘i – 3,4 f.p. ijobiy hissa qo‘shdi

Respublikamizda 2024-yilning yanvar-aprel oylarida 26 681 ta yangi kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etilgan

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 15,8 ming tonna neft koksi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 2,6 % ga oshgan

2023/2024-oʻquv yili boshida Oʻzbekiston Respublikasida oliy ta’lim tashkilotlarining sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar soni 607,6 ming  nafarni tashkil etgan

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylarida respublikamiz boʻyicha fermer xoʻjaliklari tomonidan tirik vaznda 28 586 tonna goʻsht (2023-yilning yanvar–martiga nisbatan 120,0 %), 129 975 tonna sut (127,4 %), 244 904 ming dona tuxum – (117,0 %) yetishtirildi va 6 669,5 tonna baliq (134,0 %) ovlandi

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2024-yilning yanvar-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 4 kishi yashaydigan uy xo‘jaliklari 17,7 % ni tashkil etmoqda

2024-yilning yanvar-aprel oylarida ijara xizmatlarining hajmi 2 747,5 mlrd soʻm yoki umumiy koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 1,6 % ni tashkil etdi

Respublikamizda 2024-yilning 1-may holatiga jami 64 375 ta sanoat korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar 2 155,4 tonna sendvich panellari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 25,2 % ga oshgan

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda

Statistika agentligi Jahon banki tomonidan yuritiladigan muhim xalqaro statistik tadbir “Xalqaro taqqoslash dasturi – 2021” raundida ilk bor rasman ishtirok etdi

2024-yilning yanvar-aprel oylarida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 6,4 trln soʻmni tashkil etdi

2024-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonda yirik korxonalar tomonidan 1013 ta yuk avtomobili ishlab chiqarilgan