07/10/2021

Joriy yilning 7- oktabr sanasida “O‛zbеkiston Rеspublikasida 2023- yilda aholini ro‛yxatga olishga tayyorgarlik ko‛rish va uni o‛tkazish chora-tadbirlari to‛g'risida”gi 710-son qarori bilan tanishtirib, tushuntirishlar olib borish maqsadida Toshkent shahar Chilonzor tumani 195-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida uchrashuv bo‛lib o‛tdi.
Uchrashuvni Chilonzor tumani 195-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi direktori G.T.Sabitova ochib berdi hamda yig’ilganlarga tadbirdan ko‛zlangan asosiy maqsad haqida to‛xtalib o’tdi.
Tuman statistika bo‛limi etakchi mutaxassisi A.Ruziyeva Rеspublikamizda 2023- yilda aholini ro‛yxatga olishni o‛tkazish bеlgilanganligi, aholini ro‛yxatga olishning mazmun-mohiyati va unda aholining faol ishtirokini ta'minlashni aytib o‛tdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.

photo2021-10-0718-06-26

Toshkent shahar statistika boshqarmasi

Axborot xizmati             

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech