Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash

Toshkent shahrida elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash
korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 0,4 trln.
so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining (7,6 % ini) tashkil etdi.
2022- yilning yanvar oyida, sanoatning mazkur tarmog‘ida elektr
energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash, bug‘ bilan ta’minlash tizimlari va havoni konditsiyalashning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 25,4 % ga kamayganligi kuzatildi.

photo2022-03-1110-54-33

Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati              

Tugmani bosing Tinglash GSpeech