18/11/2021

Aholini ro‘yxatga olish hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish bo’yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot tarzida foydalaniladi.Aholi sonini ishonchli hisoblash bo’yicha rasmiy statistika tizimida asosiy rol o‘naydi. Avvalo aholini ro’yxatga olish tarixiga murojaat qiladigan bo’lsak, dastlabki aholi ro’yxati manbaalarda keltirilishicha, O’zbekiston hududida 1926, 1939, 1959, 1970, 1979-yillarda va so’nggi martta 1989 yilda amalga oshirilgan. Mustaqillikdan so’ng respublikamizda aholini ro’yxatga olish tadbiri birinchi marta 2023 yilda bo’lib o’tadi va har 10 yilda amalga oshiriladi. Aholini ro‘yxatga olishning huquqiy asosi bo‘lib, 2020- yil 16- martda qabul qilingan “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni xizmat qiladi. Mazkur qonun aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha mustaqillik yillarida qabul qilingan ilk qonun bo‘lib, aholini ro‘yxatga olish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Mazkur qonun ijrosini samarali tashkil etish maqsadida joriy yilning 11- noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori qabul qilindi. Aholini ro‘yxatga olishda ishtirok etish-mamlakatning kelajakdagi rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etish demakdir

photo2021-11-0511-48-34
Mirobod tuman statistika bo‘lim boshlig‘i
J.Axmedov                      

Tugmani bosing Tinglash GSpeech