Toshkent shahrida elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 1,1 trln. so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining (5,9 % ini) tashkil etdi.
2022- yilning yanvar-mart oylarida, sanoatning mazkur tarmog‘ida elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash, bug‘ bilan ta’minlash tizimlari va havoni konditsiyalashning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 13,0 % ga kamayganligi kuzatildi.
Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati