So'nggi yangiliklar

   2024-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra Toshkent shahrida xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar umumiy soni 82084 ta.

   2024-yilning yanvar-noyabr oylarida Toshkent shahrida import hajmi 18 018,6 mln AQSH dollariga yetdi va 2023-yilning mos davriga nisbatan 5,7 % ga ko‘paydi. Import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (26,8 %), sanoat tovarlari (15,8 %) hamda kimyoviy vositalar va shunga oʻxshash mahsulotlar (13,9 %) hisobiga toʻgʻri keldi.

   2024-yilning yanvar-noyabr oylarida, Toshkent shahrining Bektemir va Olmazor tuman hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasi hajmi 231 925,1 mln. so‘mni (108,7 %) tashkil etdi. Bunda har xil yoshdagi qoramollar savdosi 193 919,8 mln.so‘m, qo‘y va echkilar – 29 864,6 mln. so‘mni, otlar – 7 573,7 mln. so‘mni, parrandalar – 566,9 mln. so‘mni tashkil qildi.

   2024-yil yanvar-noyabr oylarida Toshkent shahrida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari soni 15 330 ta bo‘lib, shundan:

   - mikrofirmalar va kichik korxonalar 15 177 ta;

   - yirik korxonalar 153 tani tashkil etdi.

   Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida statistik hisob-kitoblarga ko‘ra, 49 736,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023–yilning yanvar noyabr oylariga nisbatan 10,8 % ga oshdi. Toshkent shahri miqyosida ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 58,1 % ni tashkil etdi.

   Toshkent shahrida 2024-yilning yanvar-noyabr oyida kiyim ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 1,9 % ni, fizik hajm indeksi 101,4% ni, ishlab chiqarish hajmi esa 2 477,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

    Toshkent shahrida 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida jami 52 177,0 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2023-yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 112,0 % ni tashkil etdi.

   Toshkent shahrida 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida Transport xizmatlari hajmi jami 24 507,8 mlrd so‘mga, o‘sish sur’ati 20,3 foizni tashkil etdi.

   Toshkent shahrida 2024-yil yanvar-noyabr oylarida tashqi savdo aylanmasida tovarlar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkorlarimiz Rossiya, XXR, Qozog‘iston, Turkiya, Afg‘oniston, Fransiya va Qirg‘iz Respublikasi kabi davlatlar bo‘lgan. Ularning umumiy еksportdagi ulushi 64,7 % ni tashkil etdi.

   2024-yil 1-dekabr holatiga Toshkent shahrida umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 4946 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 46 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 4900 tani tashkil qildi.

   2024-yilning yanvar-noyabr oylarida Toshkent shahrida avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji hamda chakana savdo aylanmasi (motorli transport vositalarini taʼmirlash va texnik xizmat ko‘rsatishdan tashqari) 54 438,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 37,8 % ga oshdi.

   Har qanday davlatning tarixi – bu, birinchi navbatda, unda yashaydigan xalqning tarixi, aholisining soni va tarkibi, uning iqtisodiy hamda ijtimoiy tavsiflarida o‘z ifodasini topadi. Dunyodagi har bir mamlakat, o‘zining aholisi va uning yashash holati bo‘yicha ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida muntazam ravishda aholini ro‘yxatga oladi.

   2024-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida chet el investitsiyalari ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan 10 008 ta korxonalardan 2 337 tasi qo‘shma korxonalar va 7 671 tasi xorijiy korxonalar hisobiga to‘g‘ri keldi.

   2024-yilning yanvar-noyabr oylarida Toshkent shahrida o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 27 909,3 ming. so‘mni 2023-yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 108,0 % tashkil etdi.