08/09/2023

Aholi salomatligini saqlash va mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga davlat siyosati darajasida alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada davlat tashkilotlari va idoralarida ham turli sport tadbirlari tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30- oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son farmoni ijrosi yuzasidan doimiy ravishda sport majmualarida turli sport tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Joriy yilning 4-7-sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi hamda hududiy statistika boshqarmalarining xodimlari o‘rtasida shaxmat, futbol va stol tennisi sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

Muntazam jismoniy tarbiya va ommaviy sportni o‘tkazishdan maqsad – har bir fuqaroda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yomon odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish, shuningdek jismoniy faoliyat orqali xodimlarning ish faoliyatini yaxshilashdir.

7-sport-bn

71-sport-nrthg

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech