2023- yil 1- avgust holatiga avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmasi (IFUT-2 45- bo‘lim 45.2 va 45.40.3 kodlaridan tashqari – motorli transport vositalari va mototsikllarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish) 14 447,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tkan yilning mos davriga nisbatan 109,4 % ga o‘sdi.
Shuningdek, yirik korxonalar savdo hajmi 6 366,0 mlrd. so‘m (o‘sish sur’ati- 114,9 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyetklari savdo hajmi – 8 081,0 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati – 110,1 %) tashkil qildi.
Axborot xizmati