11/09/2023

Xalqaro elektr aloqa ittifoqi taklifiga binoan, 2023-yilning 28–30-avgust kunlari Qirg‘iz Respublikasining Issiqko‘l viloyatida “Raqamli transformatsiya” mavzusida mintaqaviy forum bo‘lib o‘tgan edi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida mazkur mintaqaviy forum natijalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. Tadbirda agentlik markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.
Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Bahodir Qarshiboyev forum davomida o‘zlashtirgan tajriba, bilim va ko‘nikmalari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Xususan, ma’ruzachi ishtirokchilarga raqamli transformatsiyani o‘lchash, zamonaviy AKT orqali statistika ma’lumotlarini tahlil qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha tushunchalar berdi.
 
378175671618838240419092566921350780853354n
Axborot xizmati
Tugmani bosing Tinglash GSpeech