12/09/2023

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 23–26- avgust kunlari kunlari Moskva shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) Davlatlararo statistika qoʻmitasi tomonidan seminar tashkil etilgan edi.

Ushbu seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi delegatsiyasi va MDH Davlatlararo Statistika qoʻmitasi vakillari ishtirok etdi.

Ushbu tadbirda Aholining turmush darajasi indikatorlarini shakllantirish va tahlil etish boʻlimi boshligʻi R. Urazbayev, Xalqaro hamkorlik va aloqalar boʻlimi boshligʻi D. Xamdamov, Demografik koʻrsatkichlarni shakllantirish boʻlimi boshligʻi R. Satvaldiyev, Axborot tizimlarini rivojlantirish va joriy etish boʻlimi boshligʻi Gʻ. Eshmurodov va Statistika hisobotlarni raqamlashtirish va vazifalarni dasturlashtirish boʻlimi boshligʻi D. Tojiboyev ham qatnashdi.

Seminar davomida ishtirokchilar maʼlumotlarni foydalanuvchilarga taqdim etishda zamonaviy elektron dastur mahsulotlarini qoʻllagan holda tezkor, haqqoniy, qulay va shaffof statistik maʼlumotlarni shakllantirish va statistika tizimiga joriy qilish bo'yicha nazariy va amaliy ko'nikmalarga ega bo'ldilar.

Joriy yilning 8-sentabr kuni Statistika agentligida Moskva shahrida tashkil etilgan tadbir yakunlariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Seminarda Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi, Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi, Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi hamda Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda statistik maʼlumotlarni foydalanuvchilarga taqdim etishda zamonaviy elektron dastur mahsulotlarini qoʻllagan holda tezkor, haqqoniy, qulay va shaffof statistik maʼlumotlarni shakllantirish yuzasidan orttirilgan tajriba, seminarlar davomida olingan bilim va ko'nikmalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

4-mdx-davlat

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech