18/09/2023

Aholi salomatligini saqlash va mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga davlat siyosati darajasida alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada davlat tashkilotlari va idoralarida ham turli sport tadbirlari tashkil etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30- oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son farmoni ijrosi yuzasidan doimiy ravishda sport majmualarida turli sport tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.
Joriy yilning 18-sentabr kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida boshqarma xodimlari o‘rtasida shashka sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
 
photo2023-09-1812-51-14
 
Axborot xizmati
 
Tugmani bosing Tinglash GSpeech