Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotining asosiy bo‘g‘ini hisoblanib, bugungi kunda mazkur sohani jadallik bilan rivojlantirish, tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning safini yanada kengaytirish va rag‘batlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilyapti. Jumladan, Toshkent shahar statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2023- yil 1- sentabr holatiga Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning soni (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) 95,6 mingtani tashkil etdi, ulardan kichik korxona va mikrofirmalar soni 84,1 mingta yetdi.
Axborot xizmati