21/09/2023

Joriy yilning 19- sentabr kuni Uchtepa tumani “Sharq yulduzi” MFYda “Aholini ro‘yxatga olishning ahamiyati” mavzusida tadbir tashkil etildi.

photo2023-09-2112-22-50

Unda Toshkent shahar statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i B.Boymurodov Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-son qarori doirasida amalga oshirilgan ishlar, “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni ijrosini taʻminlash maqsadida aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, ahamiyati va uni o‘tkazish nima uchun zarurligi to‘g‘risida to‘xtalib, mahallalarning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirilayotganini takidlab o‘tdi.

photo2023-09-2112-22-55

Shuningdek, ushbu tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berdi.

photo2023-09-2112-23-16

Tadbir so‘ngida, Aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik jarayonlari to‘g‘risida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga, mas’ul xodimlar tomonidan javoblar berildi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech