04/08/2023

Joriy yilning 4-avgust kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 13 dekabrdagi PQ-4551-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan yig‘ilish tashkil etildi.

Yig‘ilishni boshqarma boshlig‘i L. Mirsoatov ochib berib, Konstitutsiyaning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlari! mavzusida o‘tkazilyotgan tadbirning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida boshqarma va hududiy statistika bo‘limlari xodimlariga qisqacha tushunchalar berib o‘tdi.

Shundan so‘ng, boshqarmaning bosh yuristkonsulti M.Usmonov so‘zga chiqib, ishtirokchilarga Konstitutsiyaning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlari! mavzusida ma’ruza qildi.

VIII bob. Siyosiy huquqlar

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda shakllantirish, shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati vositasida amalga oshiriladi.

IX bob. Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar

Har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli.

Bank operatsiyalarining, omonatlarning va hisobvaraqlarning sir tutilishi, shuningdek meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi.

Seminarda ishtirok etgan boshqarmaning tarmoq va xududiy statistika bo‘limlari xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachiga murojaat qilib, mavzulardan kelib chiqqan holda savollar berishdi va ularga qoniqarli darajada javob olishdi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan boshqarma va hududiy statistika bo‘limlari xodimlari o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

 19-konsti

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech