25/08/2023

Joriy yilning 25-avgust kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 30 dekabrdagi 340-son qarorining 4-bandi ijrosini ta’minlash yuzasidan  yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Davlat statistika Qo‘mitasi lokal tarmog‘idan (402-3 kompter) Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga (LexUZ – huquqiy izlash tizimi (www.lex.uz)) yangi kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlarni olish va Toshkent shahar statistika boshqarmasining lokal tarmog‘iga (1193-sonli kompyuter) joylashtirish hamda matbuotda e’lon qilingan qonunlarni doimiy o‘rganishni tashkil etish bo‘yicha Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh.Norkulov tomonidan yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar haqida qisqacha ma’lumot tinglandi.

 Toshkent shahar statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti M.Usmonov tomonidan hodimlarga yangi qabul qilingan normativ-huquqiy  hujjatlarning mazmuni, mohiyati tushuntirildi. Xususan, Vazirlar Mahkamasining “Yong‘inlar profilaktikasi samaradorligini oshirish va yong‘in xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023 yil 4 avgustdagi 332-son qarori, Vazirlar Mahkamasining “Toshkent metropolitenining yer usti yo‘li bekatlariga nom berish to‘g‘risida” 2023 yil 9 avgustdagi 349-sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 iyundagi PQ-4756-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga a’zolik bo‘yicha majburiyatlarini bajarishga mas’ul davlat organlari va boshqa tashkilotlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2023 yil 8 avgustdagi PQ-269-son qarori, “O‘zbekiston Respublikasining milliy qonunchiligi Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uyg‘unlashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2023 yil 15 avgustdagi PF-140-son Farmoni, O’zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjtlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida” 2023 yil 8 avgustdagi O’RQ-860-son Qonuni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar o‘qib eshittirildi hamda ularning mazmun mohiyati muhokama qilindi.

9-konsti-hjy

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech