27/09/2023

Joriy yilning 27-sentabr kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 30 dekabrdagi 340-son qarorining 4-bandi ijrosini ta’minlash yuzasidan  yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Davlat statistika Qo‘mitasi lokal tarmog‘idan (402-3 kompter) Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga (LexUZ – huquqiy izlash tizimi (www.lex.uz)) yangi kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlarni olish va Toshkent shahar statistika boshqarmasining lokal tarmog‘iga (1193-sonli kompyuter) joylashtirish hamda matbuotda e’lon qilingan qonunlarni doimiy o‘rganishni tashkil etish bo‘yicha Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tomonidan yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar haqida qisqacha ma’lumot tinglandi.

 Toshkent shahar statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti M.Usmonov tomonidan hodimlarga yangi qabul qilingan normativ-huquqiy  hujjatlarning mazmuni, mohiyati tushuntirildi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ibratli oila” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2023 yil 2 sentyabrdagi 437-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining “Xalq salomatligi posboni” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida” 2023 yil 4 sentabrdagi 444-son qarori, Vazirlar Mahkamasining “Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatida samarali boshqaruv tizimi joriy etilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2023 yil 5 sentabrdagi
448-son qarori, Vazirlar Mahkamasining “Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”  2023 yil 7 sentyabrdagi 452-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida, 2023 yil 11 sentyabrdagi PQ-300-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023 yil 14 sentyabrdagi PQ-308-sonli qarori va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar o‘qib eshittirildi hamda ularning mazmun mohiyati muhokama qilindi.

 Toshkent shahar statistika boshqarmasi xodimlarining 2023 yilning 1 sentabridan 26 sentabrigacha Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga (LexUZ – huquqiy izlash tizimi (www.lex.uz)) kiritilgan yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar haqidagi fikrlari tinglandi.

81-korup

Axborot xizmati 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech