2023-yilning yanvar-avgust oylari davomida respublika boʻyicha sport, koʻngilochar va dam olishni tashkil qilish sohasidagi xizmatlar hajmi 768,7 mlrd. soʻmni tashkil etgan. Ushbu sohada koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmining 58,5 %i Toshkent shahrining hissasiga toʻgʻri kelmoqda.
Hududlar kesimida sport, koʻngilochar va dam olish sohasidagi xizmatlari hajmi, mlrd. soʻm:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 5,2
Andijon viloyati – 15,8
Buxoro viloyati – 12,3
Jizzax viloyati – 15,9
Qashqadaryo viloyati – 14,6
Navoiy viloyati – 6,7
Namangan viloyati – 25,2
Samarqand viloyati – 25,2
Surxondaryo viloyati – 10,2
Sirdaryo viloyati – 4,6
Toshkent viloyati – 144,2
Fargʻona viloyati – 30,8
Xorazm viloyati – 8,4
Toshkent shahri – 449,6
Axborot xizmati