Prezidentimiz tomonidan joriy yil 11-sentabrda imzolangan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmoni yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar koʻlamini kengaytirish barobarida yangidan-yangi tashabbuslarga zamin yaratmoqda. 2023-yilning 23-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan tadbir tashkil etildi. Tadbirga “Taraqqiyot startegiyasi” markazi boʻlim boshligʻi Xolbekov Avazbek Mehmonovich taklif etildi.
Dastlab, Statistika agentligi direktori oʻrinbosari Ziyayev Zoxidjan Muratovich “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi aholi turmush farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi borasida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
Shundan soʻng, “Taraqqiyot startegiyasi” markazi boʻlim boshligʻi Avazbek Xolbekov “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati haqida tayyorlagan prezentatsiya namoyish qildi.
Prezentatsiya davomida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash, odil sudlovga erishish, iqtisodiyotning asosiy drayveri boʻlgan tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, ijtimoiy sohada islohotlarni “inson manfaati eng ulugʻ maqsad” tamoyili asosida amalga oshirish kabi masalalar haqidagi keng tushunchalar berildi.
Axborot xizmati