Joriy yilning 3-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Toshkent shahar statistika boshqarmasida 2023-yil III chorak yakunlari boʻyicha boshqarmaning kengaytirilgan Kengash yigʻilishi oʻtkazildi. Unda Statistika agentligining Investitsiyalar va qurilish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i M. Jomolov va Narxlar statistikasi boshqarmasi boshlig‘i M. Umarov, Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshqarmasi boshli‘gi L. Mirsoatov hamda tarmoq va tuman bo‘lim boshlig‘lari qatnashdi.
Kun tartibiga binoan, Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i Kengash yigʻilishini ochib berib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining hujjatlari hamda topshiriqlarida Toshkent shahar statistika boshqarmasining oldiga qoʻyilgan vazifalar va tizimda 2023-yil III choragida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi borasida toʻxtalib oʻtdi.
Kengash yigʻilishida kun tartibiga binoan, tarmoq bo‘limlari kesimida quyidagi masalalar ko‘rildi.
Investitsiya va qurilish statistikasi, tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi, sanoat statistikasi, ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari va tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi, demografiya va mehnat statistikasi bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va erishilgan yutug‘lar muhokama qilindi.
Kengash yigʻilishida, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-son qarori doirasida amalga oshirilgan ishlar, “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni ijrosini taʻminlash yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi qonunning mazmun-mohiyati, ahamiyati, qonun bilan amaliyotga joriy etilayotgan oʻzgarish va tushunchalar haqida fikr-mulohazalar almashildi.
Kengaytirilgan Kengash yigʻilishi yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar koʻrib chiqildi. Shuningdek, vazifalarni oʻz vaqtida bajarmagan xodimlarga tegishli choralar koʻrish, ish faoliyatini namunali yoʻlga qoʻygan ishchi-xodimlarni ragʻbatlantirish boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Axborot xizmati