15/11/2023

     Joriy yilning 15-noyabr sanasida  Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i L.Mirsoatov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi O‘RQ-419-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatini  boshqarma tarmoq bo‘limlari va  tuman statistika bo‘limlari xodimlariga qisqacha tushunchalar berib o‘tdi.

     Yig‘ilishda so‘zga chiqganlar L.Mirsoatov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistka agentligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati boshlig‘i B.Melikmurotovlarning ta’kidlashicha: Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi  Qonuning asosiy prinsiplari yoritib berildi.

photo2023-11-1515-16-34

     Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

     Shuningdek,  Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari:

qonuniylik;

fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;

ochiqlik va shaffoflik;

tizimlilik;

davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;

korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi;

javobgarlikning muqarrarligi tushuncha berib o‘tildi.

photo2023-11-1515-16-38

     Bundan tashqari, Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;

davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;

korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash to‘g‘risida takidlab o‘tildi.

photo2023-11-1515-16-10

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech