Joriy yiling 15- noyabr kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Sh. Norkulov Yakkasaroy tumanida 5-narx (oʻrtacha) haftalik kuzatuvini oʻtkazilishi yuzasidan oʻrganish olib bordi. Kuzatuvlarini sifatli va haqqoniy oʻtkazish yuzasidan haftalikda tanlovga olingan obyektlar va oziq-ovqat mahsulotlarini planshetga kiritilishi va haqqoniy qayd etilganligi monitoring qilindi.
Kuzatuv davomida Yakkasaroy tuman narx registratori J.Samandarovga narxlarni toʻgʻri kuzatishni tashkil etish, kuzatish tartibi va uslubiyoti boʻyicha tavsiya va koʻrsatmalar berdi.
Axborot xizmati