2023-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda parrandalar soni 97,2 mln. boshga yetdi va 2022-yilning mos davriga nisbatan 6,5 %ga koʻpaydi.
Xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlillar, parrandalar umumiy sonining 52,2 %i – dehqon va tomorqa xoʻjaliklari, 31,1 %i – qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar, 16,7 %i – fermer xoʻjaliklari hissasiga toʻgʻri kelganligini koʻrsatmoqda.
Axborot xizmati