Joriy yilning 17- noyabr kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i L.Mirsoatov, Xizmatlar sohasi statistika bo‘limi boshlig‘i K. Djalilov va tuman bo'lim boshliqlari ishtirokida “Xizmatlar sohasi kuzatuvlarini oʻtkazish” boʻyicha seminar tashkil etildi.
Seminarda III chorakda o'tkazilgan kuzatuvlarda aniqlangan kamchiliklar tahlili va 2023 yil 20-30 noyabr kunlari planshet orqali o'tkaziladigan kuzatuvlarni belgilangan qoidalar asosida oʻtkazilishi, ulardagi muammoli holatlar, kamchiliklar yechimini koʻrsatgan holda oʻz vaqtida kuzatuv natijalarini toʻgʻri va xatosiz planshet qurilmasiga kiritish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Axborot xizmati