Yig‘ilishda Kasaba uyushmalari qo'mitasi vakili R. Maxmadaliyev qatnashdi. Yig'ilish davomida R.Maxamadaliyev so‘zga chiqib Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish hamda gaz-havo aralashmasining chaqnashini oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar haqida to'xtalib o'tdi. Kuzning quyoshli va iliq kunlaridan unumli foydalanib, oldinda turgan qorli-qirovli kunlarga puxta hozirlik ko‘rish yuzasidan tushuntirishlar berdi.
Axborot xizmati