Toshkent shahar statistika boshqarmasida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan tadbir o‘tkazildi. Tadbirni boshqarma boshlig‘i L.T.Mirsoatov ochib berdi.
Shundan so‘ng, Toshkent shahar statistika boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati mas’ul xodimi A.Mamatov tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirildi, hamda korrupsion holatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish va Toshkent shahar statistika boshqarmasi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishda qilingan ishlar yuzasidan qisqacha hisoboti tinglanib, kelgusida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati