Toshkent shahar statistika boshqarmasida 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan “Konstitusiya – baxtimiz qomusi” nomli bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirni boshqarma boshlig‘i L.T.Mirsoatov ochib berdi. Tadbirda Toshkent shahar statistika boshqarmasi hodimlari hamda, tuman statistika bo'limi boshliqlari ishtirok etdi, tadbir qatnashchilari yangi tahrirdagi konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarishlar, yangiliklar bo‘yicha fikrlar almashildi.
Faol qatnashgan hodimlar boshqarma boshlig‘i tomonidan estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Axborot xizmati