O‘zbekistonda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda, zero bugungi bunyodkorlik - ertangi farovonlik demakdir. Shu sababli qurilish sanoati mamlakat iqtisodiyotining ustuvor tarmog‘i sifatida belgilangan. Toshkent shahrida qurilish sanoatining yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan tahlil shuni ko‘rsatdiki:
- binolar va inshootlar qurish yo‘nalishi 49,1 foiz ulushni tashkil etdi;
- fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi 9,7 foiz ulushni tashkil etdi;
- ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi 41,2 foiz ulushni tashkil etdi.