10/01/2024

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida respublikada koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 420 786 mlrd. soʻmga yetdi.

Bozor xizmatlarining nominal hajmi 91 453,9 mlrd. soʻmga oshib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan oʻsish surʼati 113,6 % ni tashkil etgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha hajmi, mlrd. soʻmda:

Savdo xizmatlari – 98 666,1;

Moliyaviy xizmatlar – 96 565,1;

Transport xizmatlari – 96 304,1;

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 29 024,2;

Taʼlim sohasidagi xizmatlar – 18 159,8;

Boshqa xizmatlar – 17 858.

photo2024-01-1015-54-31

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech