15/01/2024

Aholi salomatligini saqlash va mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga davlat siyosati darajasida alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada davlat tashkilotlari va idoralarida ham turli sport tadbirlari tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30- oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son farmoni ijrosi yuzasidan doimiy ravishda sport majmualarida turli sport tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Joriy yilning 13-yanvar kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasi hamda Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamkorligida mini futbol sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

photo2024-01-1510-49-32

photo2024-01-1510-49-27

photo2024-01-1510-49-31

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech