23/01/2024

Toshkent shahar statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi xodimlari tomonidan PDP universitetida “Aholini ro`yxatga olishning ahamiyati” mavzusida seminar bo`lib o`tdi. 

123012024

523012024

Seminarda shahar statistika boshqarmasi bo‘limi mutaxassislari, universitet o`qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

323012024

Seminar davomida shahardagi mavjud barcha shahar sxematik xaritalari hamda mahalla va qishloq aholi punktlarining chizma rejalarini tayyorlash, amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tildi.

423012024

Shuningdek, respublikamizda aholini roʼyxatga olish tadbirini oʼtkazishning asosiy maqsad va vazifalari, bu borada ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari haqida ma'lumotlar berildi.

223012024

Talabalarning savollariga statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan batafsil javob berildi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech