2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Toshkent shahrida asosiy kapitalga investitsiyalar 67,9 trln. soʻm oʻzlashtirilib, uning tarkibida qurilish-montaj ishlariga yoʻnaltirilgan investitsiyalar 27,5 trln. soʻmni va jami oʻzlashtirilgan investitsiyalarning ulushi 40,4 % ini tashkil etgan.
Mashina, asbob–uskuna va xoʻjalik inventarlarini sotib olishga yoʻnaltirilgan investitsiyalar hajmi 34,0 trln. soʻmni (jami investitsiyalardagi ulushi 50,1 %) hamda boshqa xarajatlar 6,4 trln. soʻmni (9,5 %) tashkil etgan.
Axborot xizmati