Statistika agentligi tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, 16 yoshgacha bolalari mavjud boʻlgan uy xoʻjaliklari 74,4 %ni tashkil etgan.
Shundan:
bir bolali uy xoʻjaliklar 21,6 %;
ikki bolali uy xoʻjaliklar 26,8 %;
uch bolali uy xoʻjaliklar 18,1 %;
toʻrt va undan koʻp bolali uy xoʻjaliklar 7,9 %.
Kuzatuv natijalariga koʻra, 25,6 % uy xoʻjaliklarida 16 yoshgacha boʻlgan bolalar mavjud emas.
Axborot xizmati