Ma'lumki, joriy yilning 16-18-mart kunlari mamlakatimizda "Obod va fayzli mahalla-yurt ko'rki" shiori ostida umumxalk xayriya hashari bo'lib o'tmoqda.
"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan hashardan Toshkent shahar statistika boshqarmasi ham chetda qolmadi.
Boshqarma xodimlari tomonidan Yangihayot tumani "Yorqin hayot" mahallasida, shuningdek, Toshkent shahar statistika boshqarmasi binosi va xovlisida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari keng ko‘lamda olib borildi.
Erta tongdan ahli jamoa a'lo kayfiyatda va hamjihatlikda xonalar, ko‘chalar va hovlilar obodonlashtirilib, tartibga keltirish ishlarida faol qatnashdi.
Ekin yerlari tartibga keltirildi, daraxt va gullarga shakl berilib, begona o‘tlardan tozalandi.
Axborot xizmati