“Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–199-son) qabul qilindi.
Ushbu farmon ijrosini taʼminlash hamda yurtimizdagi yashil hududlar sonini yanada koʻpaytirish maqsadida, barcha vazirlik, tashkilot, muassasa va korxonalarda koʻchat ekish ishlari davom etmoqda.
Shu jumladan Toshkent shahar statistika boshqarmasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda ko‘chat ekish, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirib kelinmoqda.
Joriy yilning 18-aprel kuni poytaxtimizning Yangihayot tumanida boshqarma xodimlari tomonidan hashar yoʻli bilan 1 gektar maydonga 1000 tupdan ortiq mevali hamda manzarali daraxt koʻchatlari ekilib, sug'orish ishlari amalga oshirildi.
Axborot xizmati