2024-yil 25-aprel sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistka agentligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati boshlig‘i B.Melikmurotov va Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Annazarov bilan hamkorlikda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistka agentligi tashabbusi bilan Toshkent shahrining Yunusobod, Yashnobod va Shayxontohur tumanlari statistika xodimlari faoliyatida korrupsiyani oldini olish va korrupsion takliflarga nisbatan murosasiz ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha profilaktik ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, statistika organlari xodimlariga Respublikamizda korrupsiyaga oid chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlar va ichki idoraviy hujjatlarning tartib-taomillari tushuntirildi.
Axborot xizmati