17/05/2024

Joylarda amalga oshirilayotgan ishlarning haqiqiy holatini chuqur va har tomonlama tahlil qilish, hududlarda aniqlangan kamchiliklar va muammoli masalalarni tezkor hal qilish maqsadida, Statitistika agentligi rahbariyati ham hududlarda oʻrganishlar olib bormoqda.

001

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Joriy yilning 17-may kuni Statitistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich 2024-yil may oyida amalga oshiradigan xizmat safarlari boʻyicha reja-jadval asosida Toshkent shahrida statistika idoralari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan statistik kuzatuvlar, Aholini roʻyxatga olish tadbiriga tayyorgarlik koʻrish, xonadonlarning raqamlanganlik holatlari, Statistika dasturida belgilangan boshqa masalalarning ijrosini joyiga chiqqan holda oʻrganish maqsadida Toshkent shahar Statistika boshqarmasiga bordi.

002

 

 





































Agentlik rahbari dastlab, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga oid shakllantirilayotgan statistik koʻrsatkichlar holatini muhokama qilib, masʼullarga tegishli topshiriqlar berdi. Shuningdek, aholi va uy xoʻjaliklarining umumiy daromadlari hamda isteʼmol xarajatlari koʻrsatkichlarini shakllantirish boʻyicha kuzatuvlar holati oʻrganilib, tanqidiy muhokama qilindi.

Yigʻilishda isteʼmol narxlari indeksi (inflyatsiya) koʻrsatkichlari aniqliligini taʼminlash maqsadida narx kuzatuvi boʻlimi xodimlariga narxlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qayd etishda planshetlardan foydalanish boʻyicha taklif va tavsiyalar berildi.

003




































Toshkent shahrida iqtisodiy faoliyat turi sanoat, qurilish, xizmatlar va ulgurji savdo yoʻnalishidagi ishlab chiqaruvchilar narxlari indeksini doimiy ravishda hisoblash maqsadida tanlanma asosida kuzatuv olib borish va bu orqali narxlar indeksi maʼlumotlari shaffofligini taʼminlash yuzasidan alohida topshiriqlar berildi.

Shuningdek, Aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha reja-jadval asosida mahallalarga chiqqan holda xonadonlarga raqam belgilarini va koʻchalarga nom belgilarini oʻrnatilganligi holatini oʻrganib borish ishlarining holati tanqidiy muhokama qilinib, masʼullarga qatʼiy topshiriqlar berildi.

004







































Yigʻilish davomida statistika hisobotlarini topshirish boʻyicha oʻquv-seminarlar oʻtkazish, kadrlarning malakasini oshirish, Statistika dasturida belgilangan boshqa masalalarning ijrosini oʻz vaqtida bajarish hamda ijro intizomiga qatʼiy amal qilish yuzasidan topshiriqlar berildi.  


Tugmani bosing Tinglash GSpeech