2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 11,3 % ni tashkil etdi.
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Jizzax (30,1 %) va Xorazm (29,8 %) viloyatlarida kuzatildi.
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining eng kichik ulushi Qoraqalpog‘iston Respublikasi (13 %) va Navoiy viloyatida (6,4 %) qayd etildi.