Respublikamizda 2024-yilning yanvar-aprel oylarida 26 681 ta yangi kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etilgan.
Ular iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha:
savdo sohasida – 9 658 ta
sanoat sohasida – 5 164 ta
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 2 579 ta
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 2 200 ta
qurilish sohasida – 1 394 ta
axborot va aloqa sohasida – 1 121 ta
tashish va saqlash sohasida – 883 ta
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida – 519 ta
boshqa sohalarda – 3 163 tani tashkil etgan.