Zamonaviy dunyoda hayotimizni internetsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Bugun axborot asri bo'lib, internet har qanday kasbdagi insonning ajralmas qismiga aylandi. Axborot asrida bunday bo'lishi tabiiy holdek tuyiladi aslida, lekin bunday makonda eng to'gri malumotlarni saralab qabul qilsh ham oson kechmaydi.
Joriy yilning 21-iyun kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida “Yoshlarni axborot xurujlaridan asrashning zamonaviy usullari” mavzusida semenar bo'lib o'tdi.
Seminarda boshqarma rahbariyati hamda tizimdagi xodimlar ishtirok etdi. Soha xodimlarining glaballashuv davrida axborotni to'gri manzildan qabul qilish, har qanday malumotga ongli ravishda yondoshish axborot xurujlarida qanday ximoyalanish haqida tushuntirishlar berildi. Seminar so'ngida xodimlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Axborot xizmati