25/06/2024

Joriy yilning 25- iyun kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i L. Mirsoatov, Turmush darajasi statistikasi va uy xo’jaliklari kuzatuvlari bo‘limi boshlig'i M. Djalilova hamda bosh mutaxassisi N. Xashimova bilan birgalikda Olmazor tumani “Yuqori Beshqo'rg'on” MFY Begoyim ko'chasi 9-xonadonda yashovchi Nazarova Muxarram va Ma'ruf Akbarov ko'chasi 208-xonadonda yashovchi Yuldasheva Shoxida xonadonlarida uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

29

  Kuzatuvda uy xo‘jaliklari kuzatuvlariga tushgan xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashilib, aniq va shaffof  ma’lumot  olindi. Bundan tashqari, mazkur kuzatuv ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat ekanligi haqida atroflicha ma’lumot berib o‘tildi.

 Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech