27/06/2024

   Joriy yilning 27-iyun sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasida "Korrupsiyaga qarshi kurashish" bo'yicha seminar bo`lib o`tdi, Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i L.Mirsoatov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2023-yil 11-martdagi “Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 54-son buyrug‘i yuzasidan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi  PQ-81-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi”gi qarori mazmun-mohiyatini  boshqarma tarmoq bo‘limlari va  tuman statistika bo‘limlari xodimlariga qisqacha tushunchalar berib o‘tdi.

11 

   Yig‘ilishda so‘zga chiqgan L.Mirsoatovning ta’kidlashicha: “Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, nizomga ko‘ra davlat fuqarolik xizmatchisi O‘zbekistondan tashqaridagi xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar, O‘zbekistonda o‘tkaziladigan xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlarda sovg‘a olishi mumkin. O‘zbekistondagi boshqa xizmat safarlarida sovg‘a olish mumkin emas.

   Boshqarmaning tarmoq va tuman statistika bo‘limlari rahbarlari, xodimlari qonun hujjatlariga rioya etishi, o‘z mansab yoki xizmat majburiyatlarini beg‘arazlik bilan, xolisona, vijdonan, odob-axloq qoidalariga rioya etgan holda bajarishi hamda korrupsiyaga oid biror-bir huquqbuzarlikni sodir etishdan yoki bunday huquqbuzarliklarni sodir etish uchun shart-sharoitlar yaratadigan boshqa har qanday harakatlardan o‘zini tiyishi shartligi yuzasidan ogohlantirildi.

 

   Davlat fuqarolik xizmatchisi oladigan sovg‘a quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • milliy qonunchilikda taqiqlanmagan ashyolar bo‘lishi;
  • sovg‘a xalqaro va boshqa rasmiy tadbirda ixtiyoriy berilgan bo‘lishi;
  • sovg‘a ochiq va oshkora qabul qilinishi;
  • davlat organining obro‘siga putur yetkazmasligi;
  • manfaatlar to‘qnashuvi yoki korrupsiyaviy omilni keltirib chiqarmasligi.

   Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a quyidagi talablarga javob berishi lozim:

   Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi  PQ-81-son Qarorining  mazmun-mohiyati yuzasidan ham ma’lumotlar berib o‘tildi.

   Mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, uni keltirib chiqarayotgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish borasida tizimli choralar ko‘rilmoqda.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech