Toshkent shahrining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2024- yil yanvar-iyun oylari holatiga koʻra, 5 186,3 mln AQSH dollarini tashkil etdi. Shundan eksport 1 071,2 mln AQSH dollariga yetgan boʻlsa, import 4 115,1 mln AQSH dollari qiymatida qayd etildi.
Toshkent shahrining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi eng yuqori hajmlari Rossiya (25,3 %), Qozogʻiston (7,0 %) hamda Turkmaniston (4,0 %) davlatlari bilan qayd etildi.
Axborot xizmati