Joriy yilning 22-avgust kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Rustamov, Xizmatlar sohasi statistikasi bo'limi boshlig'i K.Djalilov hamda Mirobod tumani statistikasi bo‘limi boshlig'i K.Jamolov va Yashnobod tumani statistikasi bo‘limi boshlig'i A.Rahmatovlar tomonidan Mirobod va Yashnobod tumanlarida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.
Kuzatuv davomida yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati monitoring qilinib, olingan ma’lumotlar shaffof va haqqoniy holda planshet qurilmasiga kiritildi.
Axborot xizmati